Текст песни

Жалолиддин Ахмадалиев новая песня 2024 - Yurgandur  .mp3 skachat tekst

Meni eslab gohida
Sog‘inchlari ohida
Xudoning panohida
Yurgandir-a yurgandir

Dardlar unib ichidan
Ko‘ngli to‘lmay kechidan
Hasratlarni kuchidan
So‘lgan gul-a so‘lgan gul

Kipriklari bo‘lib nam
Yuragini bosib g‘am
Tiriklayin o‘lib ham
Ko‘mgandir-a ko‘mgandir

Ishqi bo‘lmay birovda
Joni yonib olovda
Har bir kuni so‘rovda
Kuygandir-a kuygandir
Kuygandir-a kuygandir

Ko‘ngli to‘lmay yoridan
O‘tar chiqib zoridan
Qochib sevgi doridan
Yurgandir-a yurgandir

Sog‘indim guvoh samo
Menga yetmaydi havo
Bu dardga bormi davo?
Kuygan dil-a kuygan dil

Unutmoq asli o‘lim
Yurakdan uzilgan gulim
Tutashmas endi yo‘lim
Suygan dil-a suygan dil

Joniga qilib jabr
Ko‘ksidan qazib qabr
Xudodan so‘rab sabr
Yurgandir-a yurgandir
Yurgandir-a yurgandir

Yurakni dng ostiga
Toshlar qo‘yib ustiga
Muhabbatim ko‘ksiga
Ko‘mgandir-a ko‘mgandir

O‘zga uyda oy bo‘lib
O‘zga dilga joy bo‘lib
Sevgi sotib boy bo‘lib
Kuygan dil-a kuygan dil

Qo‘msab dili yomonni
Bir umrlik armonni
Sog‘inib Kamronni
Yurgandir-a yurgandir

Meni eslab gohida
Sog‘inchlari ohida
Xudoning panohida
Yurgandir-a yurgandir

Dardlar unib ichidan
Ko‘ngli to‘lmay kechidan
Hasratlarni kuchidan
So‘lgan gul-a so‘lgan gul
So‘lgan gul-a so‘lgan gul.

Комментарии

Минимальная длина комментария - 50 знаков. комментарии модерируются
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Комментариев еще нет. Вы можете стать первым!