Текст песни

Гули Асалхужаева - Туй болам

Oftob nur suzib berdi
Bahor gul uzib berdi
Suyunchi beray keling
Bugun o'g'lim o'g'illik bo'ldi
Toychoq bolam toy bolam
Polvon bolam boy bolam
Tandirdagi shirin kulchadek
Issiqqina yoqimtoy bolam
Allohimda so'rganima
Intizor bo'lganima
Xush kelibsan o'zimni toy bolam
O'pay shirin yuzlaringdan
Tutay mitti qo'llaringdan
Xush kelibsan erkatoy bolam

Bo'y qo'shilib bo'yiga
Bug'doy to'lsin uyiga
Shukur yetkazdi bizni
Yana beshik to'yiga
Buvisining qaymog'i
Bobosining do'mbog'i
Xush kelibsan Xush ko'rdik
Uyimizning chirog'i

Hech bir ne'mat bosolmas
Shirin Farzand o'rnini
Dunyodagi har bir qiz
Ona bo'lsin bir kuni
Allohimda so'rganima
Intizor bo'lganima
Xush kelibsan o'zimni toy bolam
O'pay shirin yuzlaringdan
Tutay mitti qo'llaringdan
Xush kelibsan erkatoy bolam.

Комментарии

Минимальная длина комментария - 50 знаков. комментарии модерируются
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Комментариев еще нет. Вы можете стать первым!